«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“O‘zdonmahsulot” kompaniyasi “buxanka” narxining oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekistonda “buxanka” narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashgani va ayrim hududlarida “buxanka” narxi 2500 so‘mgacha ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda “buxanka” narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashdi

Ma’lum qilinishicha, kompaniya tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan qolipli non bugungi kunda 1400—1500 so‘mdan barcha turdagi iste’molchilarga pul ko‘chirish yo‘li va turg‘un savdo shoxobchalari orqali sotilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning ayrim hududlarida “buxanka” narxi 2500 so‘mgacha ko‘tarildi

“O‘zdonmahsulot” tomonidan ma’lumot berishicha, kompaniya tizimidagi 44 ta don korxonasi tarkibida 109 ta non ishlab chiqaruvchi korxona va sex mavjud. Ular asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan. Toshkent shahrida non va non mahsulotlari ishlab chiqarilishi, sotilishi va ta’minoti ustidan nazorat olib borish “Toshkent non” uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, “O‘zdonmahsulot” tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan qolipli non mahsulotlari bugungi kun holatidagi 1400—1500 so‘m narxi ishlab chiqarish xarajatlaridan kelib chiqib shakllantirilgan.

Ma’lumot uchun, “buxanka” narxi oxirgi marta joriy yilning 15-oktabrida Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori qabul qilinganidan keyin oshgan edi.

Manba: Daryo.uz

Comments are closed.