«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Uzbekistan Airways Xabarovskdan Toshkentga qatnov yopilganini rad etdi

Rossiya OAVda Xabarovskdan Toshkentga aviaqatnov yopilgani haqida xabar e’lon qilindi. Uzbekistan Airways’ning ma’lum qilishicha, ushbu xabardagi ma’lumot haqiqatdan yiroq.

Qayd etilishicha, Xabarovsk – Rossiya Uzoq Sharqining eng yirik shaharlaridan biri bo‘lib, xalqaro temir yo‘l va havo yo‘llari kesishmasida joylashgan ma’muriy, madaniy va sanoat markazi hisoblanadi. 

Toshkent-Xabarovsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlar 2019 yil 8 iyul kunidan qayta yo‘lga qo‘yilib, Uzbekistan Airways va Platinum Fly Travel hamkorligida hozirgacha amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar Boeing-767 turdagi samolyotlarda, ikki haftada bir marta amalga oshiriladi. Toshkentdan HY-3537 qatnov parvozi soat 10:30da boshlanib, samolyot soat 22:30da Xabarovskka yetib boradi. Parvoz vaqti 7 soatni tashkil etadi.

Xabarovskdan Toshkentga qaytuvchi HY-3538 qatnovi esa soat 01:00da boshlanadi. Toshkentga qo‘nish vaqti – soat 03:30da. Parvoz vaqti – 7 soat 30 daqiqa.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.