«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Qarshi neft bazasi”da sifati buzilgan 514,6 mln so‘mlik neft mahsulotlari aniqlandi

Joriy yilning oktabr oyida “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan “Qarshi neft bazasi” jamiyati va unga qarashli filiallarda tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zneftegazinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

“Qarshi neft bazasi” va unga qarashli filiallarda neft mahsulotlari sig‘imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig‘i bilan hisobxona qoldig‘i taqqoslanganda hamda sifat tahlili uchun namunalar olinganda jami 11 milliard 535 million so‘mlik manbalar aniqlangan.

Jumladan, 220,3 million so‘mlik 38,4 tonna kamomad, 50,9 million so‘mlik 5,7 tonna ortiqchalik, 160,1 million so‘mlik 26,4 tonna asossiz hisobdan chiqarish, 514,6 million so‘mlik 97 703 litr mahsulot sifati buzilganligi hamda 7 milliard 512 million so‘mlik 3850 tonna neft mahsulotlarni “O‘zbekneftegaz” AJ ruxsatisiz AYoQShlarga imtiyozli narxlarda tarqtish holatlari aniqlandi.

Bundan tashqari, jamiyatga qarashli sig‘imlarda saqlanayotgan sig‘imlardan neft mahsulotlarning sifatini aniqlash uchun namunalar olinib “O‘zneftegazinspeksiya”ning Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga topshirilgan. Sifat tahlili natijasida jami 514,6 million so‘mlik 97 703 litr neft mahsulotlari sifati buzilganligi aniqlandi.

Nazorat va tahlil natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Manba: Daryo.uz


Comments are closed.