«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bill Geyts eng badavlat odamlar reytingidagi ikkinchi o‘rnini yo‘qotdi

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Forbes nashri tomonidan tuziladigan dunyoning eng badavlat insonlari reytingidagi 2-o‘rnini Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalari guruhi prezidenti, fransuz tadbirkori Bernar Arnoga boy berdi. 

Bernar Arno

Endi Arno 107 mlrd dollarlik boylik bilan 2-o‘rinni egallamoqda, Geyts esa 106,8 mlrd dollar bilan 3-o‘ringa tushib ketdi.

Ro‘yxatda hamon Amazon asoschisi Jyeff Bezos 112,4 mlrd dollar bilan yetakchilik qilmoqda.

Iyun oyida Arnoning davlati ilk bor 100 mlrd dollardan oshgandi va u yetakchi uchtalikka kirgandi. Fransuz Yevropaning eng badavlat insoni hisoblanadi.

Comments are closed.