«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda “buxanka” narxi yana oshdi

“Potrebitel” guruhi ishtirokchilarining xabar berishicha, endi “buxanka” 1,6 ming so‘mdan 1,9 ming so‘mgacha narxda sotilmoqda. Guruh ishtirokchilaridan birining ta’kidlashicha, Angrenda buxanka 1,7 ming so‘mdan sotilmoqda. 

Kun.uz muxbirlari ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab joylarda “buxanka” narxi 100-200 so‘mga oshgan. Jumladan, ba’zi do‘konlarda buxanka 1,6 ming so‘mdan, bozorlarda esa 1,7 ming so‘mdan sotilmoqda.

“Buxanka” narxi oxirgi marta joriy yilning 15 oktyabrida oshgandi. O‘shanda u 1,3-1,5 ming so‘mdan sotila boshlangan. Bungacha esa buxanka narxi bir necha yil davomida 600-650 so‘m atrofida bo‘lib, 2018 yil sentyabrdagina narxi oshirilgandi.

Manba:Kun.uz

Comments are closed.