«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Moskvadan Dushanbega uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Rossiya poytaxti Moskvadan Tojikistonning Dushanbe shahriga uchayotgan “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining A320 samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga tayangan holda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot qo‘nishi kerak bo‘lgan Dushanbe aeroportida momaqaldiroq bo‘lgani sababli samolyot soat 6:10 da Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Samolyot Dushanbega soat 6:00 da yetib borishi kerak bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, reys soat 10:45 da parvozni davom ettirib, Toshkentdan Dushanbega yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktabrda ham Moskvadan Tojikistonning Ko‘lob shahriga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ngandi.

Manba: Daryo.uz


Comments are closed.