«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ilk kuzgi ayoz kutilmoqda. Besh kunlik ob-havo ma’lumoti

Kecha respublikamizning katta qismida ko‘proq oktyabr oyi uchun xos bo‘lgan iliq va ochiq ob-havo kuzatildi. Harorat kunduzi 22-25 daraja iliq bo‘ldi. Bu holat shu kunning me’yoriy ko‘rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqori. Bu haqda O‘zgidromet xabar berib o‘tdi.

Ammo endi ob-havo harorati sezilarli darajada tushdi. Mamlakatimizning shimoliga Ural hududidan salqin havo oqimi kirib kelishni boshladi. Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik, Ustyurtda esa birinchi qor yog‘di. Ushbu joylarda harorat 10-15 daraja, Ustyurtda ayrim joylarda 0 darajagacha pasaydi.

Kechasi sovuq oqim respublikaning barcha hududlariga tarqaldi, mamlakatimiz bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda jalaga aylanib harorat keskin pasaya boshladi. Bugun yog‘ingarchilik to‘xtaydi, harorat 8-10 darajani, shimolda 3-8 darajani tashkil qiladi.

5 noyabrdan 9 noyabrgacha O‘zbekistonda sovuq antitsiklon hukmronlik qiladi, ob-havo kam bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechasi va 5 noyabr kuni tongda Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Kechasi harorat 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

5-7 noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi, kunduzgi harorat 5-7 noyabrda 8-13 daraja, 8-9 noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Manba: Xabar.uz

Comments are closed.