«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekiston va OTB qariyb 4 mlrd dollarlik 27ta loyihani birgalikda amalga oshiradi

Moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ijrochi direktori Inchang Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov OTB O‘zbekistonning muhim rivojlanish dasturlari va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishonchli hamkori ekanini ta’kidladi.

Ikki tomonlama hamkorlik davrida OTB 7,5 milliard AQSh dollari miqdoridagi 62 loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatladi. Ushbu loyihalar sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya, moliya sektori, energetika va boshqa sohalarni qamrab oladi. 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra umumiy qiymati 2,57 milliard dollarga teng 35 ta loyiha yakunlandi. Umumiy qiymati 4,93 milliard AQSh dollariga teng 27 ta loyiha amalga oshirilmoqda, shu jumladan joriy yilda imzolangan 472 million AQSh dollarilik 3 ta loyiha.

Uchrashuv davomida 3,79 milliard AQSh dollari miqdoridagi 27 ta loyihani birgalikda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi Hamkorlik strategiyasi va 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan mamlakatning biznes-rejasi alohida qayd etildi.

OTB ijrochi direktori tashkilot O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.