«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Greta Tunberg Shimoliy kengashning 52 ming dollar miqdoridagi mukofotidan voz kechishga qaror qildi

Shvetsiyalik o‘quvchi va ekologiya faoli Greta Tunberg Shimoliy kengashning 500 ming kron (52 ming dollar atrofida) miqdoridagi mukofotidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

U o‘z qarorini iqlim o‘zgarishlari bilan kurash borasida so‘zlardan ishga o‘tish vaqti kelgani bilan izohladi.

“Iqlim harakati endi mukofotlarga muhtoj emas. Bizga siyosatchilar va hokimiyat doirasidagi shaxslarning zamonaviy fan ilgari surayotgan dalillarga quloq tutishi muhimroq. Shimoliy kengash iqlim va ekologiya muammolari haqidagi chiroyli gaplarni ko‘p gapiradi, biroq ularni bartaraf etishga kelganida bu jonsaraklik sezilmaydi”, — deya yozuv qoldirgan Tunberg Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Shimoliy kengash ekologik mukofoti har yili Skandinaviya mamlakatlaridagi kompaniya, tashkilot yoki shaxsga atrof-muhitni asrash borasidagi katta hissasi uchun taqdim etiladi.

Manba: Daryo.uz


Comments are closed.