«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ijobiy ishlar samarasi

Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli yosh va talabchan Shamsiddin Baratov rahbarlik qilayotgan 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 621 nafar o‘quvchilarga 45 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berishmoqda.


Ushbu bilim maskani “2004-2009 maktab ta’limini rivojlantirish Umummilliy davlat dasturi” asosida 2009 yilda kapital rekonstruktsiya qilindi.
Maktabda sport zali, 1 ta kompyuter xonasi, kimyo-biologiya, fizika-laboratoriya xonalar mavjud. O‘qish 2 navbatda (smenada) olib borilmoqda. 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifatini yanada rivojlantirish maqsadida fanlarning 15 turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan. Shuningdek, 5 ta muhim tashabbus doirasida sportning qo‘lto‘pi, volleybol, futbol to‘garagi ishlab turibdi. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha ham pedogog xodimlar, ham o‘quvchilar muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. Bundan tashqari rus, ingliz tili fanlari va yosh qalamkashlar to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.


Vazirlik buyrug‘i asosida tashkil etilgan – “Mening huquq va majburiyatlarim” tanlovida maktabning 9-sinf o‘quvchisi Munisa Mirzaeva, 11-sinf o‘quvchisi Sunnatilla Oltiboevlar faol ishtirok etishib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Mazkur maktabda o‘z kasbiga fidoyi ustozlar ko‘pchilik. Ulardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari – Damin Shaymanov, Bozor Bolliev, Qaxramon Oltiboev, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Davlatmurod Bekmirzaev, tarix fani o‘qituvchisi – Baxodir Bolliev, kimyo fani o‘qituvchisi — Saboat Xurramova, musiqa fani o‘qituvchisi – Qilich Nomozov, rus tili fani o‘qituvchisi – Yulduz Abdullaevalar nomini e’tirof etsa arziydi. Kutubxona mudiri Shuhrat Toshtemirov ham o‘z ishiga fidoyilardan.


Barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligida direktor o‘rinbosari E.Ashurovning alohida xizmati bor. O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan turli xil ma’naviy-ma’rifiy kechalar ham ijobiy natijasini beradi albatta.

Adhamjon Mavlonov
Maxsus muxbir

Comments are closed.