«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qamashi tumanidagi 15-sonli Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti o’z faoliyatini boshladi

Ayrim ota-onalar MTTga ular ishdaligida bolaga qarab turuvchi himoya qo’rg’oni sifatida qaraydi.

MTTda bola pedagog, psixolog va shifokorning doimiy nazoratida bo’ladi.

Muhtaram prezidentimiz yurtimizning porloq kelajagini ta’minlashni istasak, bolalarni sog’lom va ma’nan barkamol bo’lib o’sishiga imkoniyat yaratib berishimiz kerak deya ta’kidlab, eng avvalo bolalar ta’lim-tarbiya oladigan maskanlarni obod etishga kirishdilar. «MTT tarbiyasini olgan bola bilan MTTga bormagan bolani taqqoslaganda, ularning fikrlash darajasi o’rtasida ancha farq borligini sezish qiyin emas»-deydi MTT mudirasi Dilafruz Esonova.

Bu MTT 1976-yil tashkil etilgan bo’lib, joriy yilning oktabr oyida qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Ikki nafar oshpaz hamda to’rt nafar tarbiyachilar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bu MTT 90 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, hozirda 120 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Comments are closed.