«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Obodlikdan ko‘ngillar ravshan

Kitob tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi – “Obodonchilik” bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Tuman markazidagi shoh ko‘chalar, mahallalardagi ko‘chalar va 13 ta qishloqlarda 41500 dona har xil turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari, shuningdek 50000 dona mavsumiy gul ko‘chatlari etishtirildi. 42000 dona ko‘chatlar ko‘cha va xiyobonlarga ekildi. Obodonlashtirish boshqarmasida 12 gektar er maydoniga ega bo‘lgan yangi istirohat bog‘i tashkil qilingan.

Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda 295000 kv metr ko‘cha va xiyobonlarda har kuni supir-sidir ishlari amalga oshirilib, tozalanadi. Yig‘ilib qolgan chiqindilar belgilangan tartibda tashib ketiladi. Ushbu ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun deyarli barcha zaruriy texnikalar mavjud. Jumladan, 6 dona “TTZ-80-10” rusumli traktorlar tirkamasi bilan, suv sepish avtomashinasi, bulьdozer, samosval avtomashinasi va avtobuslardan unumli foydalanilmoqda.

Obodonlashtirish boshqarmasi “Nur” bo‘limi tomonidan tuman markazi va 13 ta qishloqda mavjud bo‘lgan 58,88 km uzunlikdagi ko‘cha yoritish uskunalari o‘rnatilib, 1100 dona yoritish chiroqlari doimiy ishlab turibdi.
Obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi It ovlash bo‘limi tomonidan tuman markazi, tumandagi qishloqlarda qarovsiz qolgan daydi it va mushuklar maxsus tartibda tutilib, zararsizlantirish chorasi ko‘rildi.
Qabristonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan mavjud 155 ta qabristonlarda doimiy ravishda tozalash ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hasharlar uyushtirilib ham obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari tashkil etilmoqda.

2019-yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilgan “”Alako‘ylik MFY – “Yangiobod” qishloqlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, manzarali gul, daraxt ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, jami 309309,0 ming so‘mlik 9900 metr uzunlikdagi ko‘cha chiroqlari qurilib, ishga tushirish uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Kitob tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi jamoasi katta birlikdan iborat. Bu erda o‘z ishini sitqidildan bajarishga odatlangan, fidoyi insonlar jamlangan. Mana shunday katta jamoani boshqarish rahbardan avvalo tajriba, qolaversa salohiyat talab etadi. Boshqarma boshlig‘i Abdusami Hamidov ana shunday salohiyatli inson. U kishi ham jamoa o‘rtasida, ham eldoshlari va albatta tuman, viloyat hokimligi mutasaddilari oldida hurmatga sazovor bo‘lgan. Ushbu ehtiromga esa faqat mehnati evaziga erishgan. Abdusami Hamidovning mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Jonajon diyorimiz Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan A.Hamidov “Shuhrat” medali sohibi bo‘ldi.
Ushbu davlat mukofoti Abdusami Hamidovni yanada g‘ayrat-shijoat bilan, yangi g‘oyalar bilan ishlashga chorlashi tayin.

Adhamjon MAVLONOV
maxsus muxbir.

Comments are closed.