«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Barcha ishlar ko‘ngildagidek

G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji 1980-yilda tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 27-yanvardagi 16-sonli Qaroriga asosan kasb-hunar kolleji maqomi berilgan. 2005-yilda rekonstruktsiya qurilish ishlari bajarilgan.
Kasb-hunar kolleji 600 o‘rinli. 4 ta chet el investitsiyalari va 4 ta davlat byudjeti asosida jihozlangan o‘quv amaliyoti xonalari mavjud. O‘quvchi-yoshlar uyi 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Mebel jamlanmalari bilan to‘liq ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi 5313-sonli Farmoniga binoan G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji ko‘p tarmoqli kollejga aylantirildi.
Mazkur kasb-hunar kollejida tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 4 ta yo‘nalish bo‘yicha, 6 ta guruhda 187 nafar o‘quvchi tahsil olishmoqda. Bular:
Ko‘tarma transport va yo‘l qurilish mashina va mexanizmlarini ishlatish va ta’mirlash texnik mexanigi; suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ishlatish va ta’mirlash ustasi; transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (avtomobil transporti) texnigi; tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi guruhlaridan iborat.

O‘quvchilarda 5 nafar o‘qituvchilar fanlardan ta’lim berishsa, 6 nafar ishlab chiqarish ta’lim ustalari kasb-hunar o‘rgatib kelishadi.

Kollej direktori Eldor Karimov o‘qituvchi, ustalar ish faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirib, ta’lim ishlarining talablar darajasida olib borilishi uchun bosh-qosh. Barcha ishlar ko‘ngildagidek. Kelgusida ushbu kasb-hunar kollejida o‘qib, hunar o‘rgatib chiqqan o‘quvchilar hayotda munosib yo‘l topib ketishlariga ishonsa bo‘ladi.

Adhamjon Mavlonov
maxsus muxbir

Comments are closed.