«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Chiroqchi tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 63-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Ushbu ta’lim muassasasining asosiy qismi 1980-yilda qurilgan bo’lib, bugungi kunda qayta ta’mirlangan. Bundan tashqari yangi bino ham qurib berilgan.

63-umumiy o’rta ta’lim maktabi 620 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, ayni o’quv jarayonida 904 nafar o’quvchi ta’lim olmoqda.

O’quvchi yoshlarga 67 nafar ustozlar yangi o’quv metodikasiga tayangan holda ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Bu maktab yaqin qo’shni 18 ta ta’lim muassasasiga tayanch vazifasini o’tab keladi. 63-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quv jarayonlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa, 5-tashabbus to’garagi xotin-qizlar bilan mashg’ulot jarayoni jadal olib borilmoqda.

Maktab tasarrufida o’quv qurollari do’koni ham faoliyat yuritmoqda.

Shu o’rinda, maktabdagi informatika xonasidagi kompyuterlarda nosozliklar kuzatildi. Bu holatga mutasaddilar jiddiy qaraydi degan umiddamiz.

Comments are closed.