«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Rossiyada istalgan qiyofaga kira oladigan Robo-C roboti sotuvi boshlandi

Rossiyada istalgan qiyofaga kira oladigan Robo-C roboti sotuvi boshlandi

Robot istalgan kishining qiyofasiga kirishi mumkin. Buyurtmachilar ishlanmani insonlarga yaqin kishisining o‘rnini bosa olish imkoni berishiga ishonmoqda.

Robot ilk marta aprel oyida Skolkovo Robotics forumida namoyish etilgan. O‘shanda kompaniya yangi model uchun oldindan buyurtma qabul qila boshlagan edi. 27-sentabrdan esa ushbu robotlar keng savdoga chiqarildi.

Kompaniya saytida “robot butunlay antropomorfik mashina” deb aytiladi: u ko‘zi, qoshi, labi va yuzining “mushaklarini” harakatga keltirishi mumkin (robot inson mikromimikasining 600 variantlarini takrorlay oladi), shuningdek, suhbatni davom ettiradi va savollarga javob beradi.

Robot sun’iy teri yaratish texnologiyasi tufayli haqiqiy insondek ko‘rinadi. Kompaniya robotdan maslahatchi (masalan, qabulxonada yoki do‘konda), ma’mur (u biznes muzokaralarini yozishi mumkin), uy yordamchisi (Android suhbatdoshi bo‘lishi va “aqlli uy” tizimi bilan ishlashi mumkin) sifatida foydalanishni tavsiya qiladi.

Robotning narxi 1,2 million rubldan uch million rublgacha deb baholanmoqda.

Kompaniya robotlarning ikki variantini taqdim etmoqda: Bu buyurtmachi xohishiga ko‘ra individual yuzga ega robot (bunday robotlar uch oy davomida tayyorlanadi) yoki kompaniya taklif etayotgan shablon bo‘yicha yasaladigan robotlar (bunday variantni yaratish uchun ikki oy vaqt talab qilinadi).

Shuningdek, robotning tana tuzilishining bir necha variantlari mavjud. Birinchi holda robot faqat bosh va bo‘yindan iborat bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi holda esa robotlashtirilgan kalla bo‘yindan pastki qismga ham ega bo‘lishi mumkin. Bunday holda robotning tanasi biron narsaga o‘rnatilishi mumkin. Masalan, robot xuddi stulda o‘tirgandek ishlanadi. Qayd etilishicha, ikkala holatda ham robotning faqat boshi harakatlanadi.

Manba: Daryo.uz

Comments are closed.