«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Muruvvat uyida «Yoz — o’tdi soz» shiori ostida tadbir o’tkazildi

Qarshi shahar muruvvat nogiron bolalar uchun internat uyida «Yoz-o’tdi soz» mavzusida imkoniyati cheklangan bolalar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda imkoniyati cheklangan bolalar va tarbiyachilar ishtirok etishdi. Tadbirda turli xil ko’ngilochar o’yinlar, sahna ko’rinishlari taqdim etildi. Tarbiyachilar bolalarga har javhada ko’maklashmoqdalar.

Tadbirda teatr ijodkorlari va vohaning iqtidorli san’atkorlari ham ishtirok etishdi.

Qarshi shahar muruvvat nogiron bolalar uchun internat uyida barcha sharoitlar yaratilgan. Xonalar toza va shinam. Mehribon, saxovatpesha tarbiyachilar esa kun-u tun bolajonlar xizmatida.

Comments are closed.