SPORT

55 Videos

Shahrisabzdagi korxonalar

Shahrisabz shahridagi asl dori giyoh, kesh asilzodasi, rasulov farma xususiy korxonalariga qarashli dorixonalar faoliyatidan. Dorivor o‘tlarning albatta yangi tayyorlanganlarini ishlating. Xom ashyo o‘z foydali xususiyatlarini saqlashi uchun u 12 oy (barglar, gullar, poyasi) yoki 3 yildan (ildizlari) uzoq vaqt ushlanmasligi lozim. O‘simliklarni matodan tikilgan qopchalar, shisha idishlar yoki qog‘oz paketchalarda saqlash zarur. 2. Dorivor o‘simliklardan damlama […]

АКТЁР АЛИШЕР УЗОҚОВ ДИРЕКТОРГА АЙЛАНДИ

Наманганда «Навбаҳор» клуби тизимида бир қатор ўзгаришлар рўй берди. Жумладан, ўзгаришларга бағишлаб ўтказилаётган тадбирда жамоанинг янги PR-директори оммага таништирилди. Унга кўра, «Навбаҳор»да эндиликда ушбу лавозимда актёр ҳамда футбол шарҳловчиси Алишер Узоқов фаолият олиб боради. У жамоанинг оммага янада яхшироқ танилиши борасида иш олиб боради.

«Real» muxlislarining atigi 9 foizi Beylni qo‘llashi ma’lum bo‘ldi

Ispaniyada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra «Real» futbolchilari muxlislar o‘rtasida qanchalik qo‘llab-quvvatlovga egaligi aniqlandi. Muxlislar orasidagi nufuziga ko‘ra birinchi o‘rinni Dani Karvaxal egallagan – so‘rov ishtirokchilarining 92 foizi u haqida yaxshi fikrda ekani ma’lum bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinni Vinisius Junior egallagan – 89 foiz ijobiy munosabat. Uchlikni jamoa sardori Serxio Ramos 84 foizlik ko‘rsatkich bilan yakunlab bergan. […]

Тожикистонлик дзюдочи Гонгконгдаги Осиё кубогида олтин медални қўлга киритди

ДУШАНБЕ – Тожикистонлик дзюдочи Сомон Маҳмадбеков Гонгконгдаги Осиё кубоги мусобақаси финалида япониялик Даичий Танака билан беллашиб, рақибини мағлуб этди ва олтин медални қўлга киритди. Бу ҳақда Тожикистон дзюдо федерациясига таянган ҳолда хабар берилди. Тожикистон жамоасидаги яна бир спортчи – Хайёмиддин Жабборов эса бронза медали соҳиби бўлди. Ҳар иккала спортчи ҳам 73 кг вазн тоифасида ғолиблик учун […]

Rasman: “Liverpul” 17 yoshli himoyachini sotib oldi

“Liverpul” yozgi transferlar oynasida dastlabki transferini e’lon qildi. “Mersisaydliklar” “Zvolle” himoyachisi Sepp van der Bergni o‘z safiga qo‘shib oldi. Klub futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. “Liverpul” xalqaro transferni amalga oshirishga ruxsat olgandan so‘ng shartnoma rasmiy ravishda iyul oyida imzolanadi. The Times’ning xabar berishicha, “Liverpul” himoyachini 1,5 million funt evaziga sotib olgan. Van der Bergga “Bavariya” hamda […]

O‘zbekiston terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati. Unga ko‘ra joriy yilning 11-iyun kuni Toshkentga Umar as-Soma boshchiligidagi Suriya terma jamoasi a’zolari tashrif buyuradigan bo‘ldi. Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7-iyun kuni Toshkentda KXDR bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

206 та мамлакат ичида 13-ўринни эгалладик!

Аргентинанинг Буэнос-Айрес шаҳрида III ёзги ўсмирлар Олимпия ўйинлари ниҳоясига етди. Бугун мусобақанинг сўнгги кун баҳслари ўтказилди. Ўйинлар якунига кўра ўзбекистонлик ёш спортчилар томонидан умумий ҳисобда 16 та медаль қўлга киритилди. Уларнинг 5 таси олтин, 4 таси кумуш ва 7 та бронза медалларидир. Ўзбекистонлик совриндор спортчилар рўйхати: Олтин: Жайҳунбек Назаров (дзюдо, микст) Кумушхон Файзуллаева (оғир атлетика) Гулбаҳор Файзиева […]

«Chelsi» va «Real» Azar transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Chelsi» yarimhimoyachi Eden Azarni «Real»ga taxminan 115 mln funtga (130 mln yevro atrofida) sotishga tayyor, deb xabar tarqatdi The Sun. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qarorni bevosita «ko‘klar» xo‘jayini Roman Abramovich qabul qilgan. «U bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan futbolchini qo‘ldan chiqargandan ko‘ra sotib yuborishga buyruq bergan», – deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, «Chelsi» transferdan 100 mln […]

Ёш мерганлар пневматик милтиқ ва пистолетлардан фойдаланди

Наманганда 8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни муносабати билан ўқ отиш бўйича вилоят биринчилигининг IV босқич мусобақаси бўлиб ўтди.   Ўзбекистон мудофаасига кўмаклашувчи “Ватанпарвар” ташкилоти қошидаги Наманган автомобиль мактабининг ўқ отиш спорт мажмуасида ташкил этилган мусобақада 150 нафар ёш спортчи қатнашди. Унда пневматик милтиқ ва пистолетларнинг ҳар қандай туридан фойдаланилди. Умумжамоа ҳисобида Наманган автомобиль […]

Van de Bekda 8 klubdan taklif bor. U «Real» uchun C reja hisoblanadi

«Real» «Ayaks»dan yosh yarimhimoyachi Donni van de Bekni transfer qilishni istamoqda. As xabariga ko‘ra, Madrid klubi amsterdamliklar klubiga 22 yoshli golland futbolchisi transferi bo‘yicha so‘rov yuborgan. Qayd etilishicha, bu futbolchida 8ta top-klubdan takliflar bor. Ma’lum qilinishicha, van de Bek «Real» uchun C reja hisoblanadi. «Qirollik klubi» «MYu»dan Pol Pogbani yoki «Tottenhem»dan Kristian Eriksen transferini amalga […]