«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Transport vazirligi Qozog‘istonda yuk mashinalarining toshbo‘ron qilinishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekistonlik yuk haydovchilari avtomobillarining 7 sentyabrь kuni Qozog‘iston Respublikasining Atirau shahri hududida noma’lum shaxslar tomonidan tosh otib shikast etkazilganligi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati vaziyatni nazoratga olish va ro‘y bergan holatga oydinlik kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsuli bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ayni damda ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulligi nazoratiga olindi. Ro‘y bergan hodisa yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.

7 sentyabrь kuni ro‘y bergan hodisaga batafsil oydinlik kiritish maqsadida jabrlangan haydovchilardan O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulining + 7777 599 00 50 telefon raqamiga murojaat qilib, ariza qoldirish so‘ralgan.

“Hurmatli haydovchilar! Eslatib o‘tamiz, Aktau shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi”, — deyiladi xabarda.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.