«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Suriya va Iroq chegarasida noma’lum samolyot shia jangarilariga zarba berdi

Noma’lum samolyot Suriya va Iroq chegarasida eronlik qurolli guruhlarga zarba berdi, deb xabar qilmoqda Al-Hadath telekanali

Xabarda aytilishicha, Abu-Kamol shahri yaqinidagi shia jangarilari joylashgan manzilga bir nechta aviazarba berilgan. Hujum natijasida 18 jangari halok bo‘lgan.

Manbalar uch marta portlash yuz berganini aytishgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, qurol-yarog‘ ombori yo‘q qilingan.

Suriyadagi Eron kuchlari hukumat qo‘shinlariga yordam bermoqda. Isroil va AQSh ularning chiqib ketishini talab qilmoqda.

Comments are closed.