«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AMERIKALIK MAShHUR UFOLOG MARSDA SUV BORLIGINI ANIQLADI…

Hamisha yolg‘izlikda, mustaqil ravishda izlanishlar olib boruvchi amerikalik folog olim Skott Uoring «Curiosity» marsoxodi yerga jo‘natgan suratlarni ko‘zdan o‘tkazish jarayonida toshlar orasidan sizib chiqayotgan suvni ko‘rib qoldi va izlanishlar sur’atini tezlashtirdi. To‘g‘ri, surat 2014 yili marsoxod tarafidan yerga yuborilgan. Ammo endigina e’tiborga tushibdi.

Uoring bu haqiqatni ko‘rgach, NASA tashkiloti olimlarining sirli harakatlar olib borishiga yana bir bor amin bo‘ldi.

— Mars sayyorasiga rover yuborib, sayyoraning ustki qatlamini suratga olishdan maqsad, — deydi Uoring. — Qizil sayyorada biologik hayot bor-yo‘qligini aniqlashdan iborat edi. Buning uchun biz Marsda suv mavjud yoki mavjud emasligini nazoratdan o‘tkazishimiz zarur edi. Mana, suv topilibdi. Lekin NASA rahbarlari, mutaxassislari men gumon qilganimdek, barcha haqiqatlarni dunyo ahlidan sir tutishmoqda ekan. Xo‘sh, bundan niyatlari nima? Nimaga erishishadi? Bilmadim. Ammo baribir mamnun tortdim. Chunki biz olimlar maqsadimizga etish arafasidamiz.

Manba: www.SheJoT.CoM — Saytdan olindi!

Comments are closed.