«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Rossiyalik oligarx Turkmanistonda yuqori lavozimlardan birini egalladi

29 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «ARETI» xalqaro kompaniyalar guruhi rahbari, rossiyalik oligarx Igorь Makarovni Turkmaniston prezidentining neftь va gaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi huzuridagi ekspert etib tayinladi.

2018 yil yanvarь oyida AQSh Moliya vazirligi Igorь Makarovni «Sanktsiyalar orqali Amerika dushmanlariga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi hujjat doirasida qo‘llash uchun tuzilgan rossiyalik oligarxlar ro‘yxatiga qo‘shgan.

Turkmaniston Davlat axborot agentligining xabar berishicha, Makarov ushbu lavozimga prezident Berdimuhamedovning neftь va gaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yagshigeldi Kakaev tomonidan ilgari surilgan taklifga ko‘ra tayinlangan.

Forbes jurnaliga ko‘ra, Turkmanistonning neftь va gaz sektorida nufuzli mavqeni egallagan rossiyalik oligarxning boyligi 2,1 milliard dollarga teng. Turkman OAV yozishicha, Makarov o‘z tayinlovini minnatdorchilik bilan qabul qilgan.

Ta’kidlanishicha, tadbirkor Turkmanistonda tavallud topgan va ushbu davlat rahbari kabi velosportni yaxshi ko‘radi.

Turkmaniston

Igorь Makarov

Manba: Kun.uz

Comments are closed.