«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Propiskani bekor qilishga qarshi chiqqan deputat blogerlar parlamentni sirkka aylantirib yuborishi mumkinligini ta’kidladi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umrzoqov Facebook’dagi sahifasi orqali deputatlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan blogerlarni tanqid qildi. Deputat postini o‘chirib yuborgan. Bloger Dima Qayum esa uning bu mulohazalarini ko‘chirib olib, o‘z sahifasida e’lon qildi.

Deputatlikka nomzod qo‘ysam o‘taman, deb fikrlaydigan keti toza bloger-u, birovni haqini yeyishdan uyalmaydigan pechkachi va o‘ziga o‘zi ‘smartgov konsultant’ deydiganlar ko‘payib ketdi. Qiziq nomzodlarning turlari… Hamma xilidan borey…

Deputat manifest yozadimi hech bir dunyoda. Yana umidim so‘nib boryapti, men g‘alaba qilolmaymanmish. O‘zingcha 13 000 podpischik (shundan yarmi soxta akkaunt, yarmi allaqachon deleted bo‘lgan) dunyoni har bir burchagidan yig‘ilib, senga muxlis bo‘lgani ketingni ko‘tardimi deyman. Saylanish uchun kamida bilasanmi qancha saylovchi bo‘lish kerak bir okrugda havasmand nomzod?! O‘tgan saylovda o‘rtacha 165 000 edi. Fikr qil, bu raqam sening kanalingdagi obunachilardan kamida o‘n ikki marta ko‘p va kamida shularning yarmi seni yoqlashi kerak.

Saylov ko‘rmagan kimlardir esa o‘zicha deputat bo‘lsam, dunyoni teskari aylantiraman, degancha o‘y-xayol suraveradi. Aytgancha, deputatlik bu mansab, martaba, rutba emas. Hozirdan nomzodimni o‘tkazishmayapti, deb jar solmang o‘zicha ‘publikaga’ o‘ynaydiganlar.

Alloh nazar qilmasa, sen o‘zingni ‘smartgov’ bo‘yicha mutaxassis deysanmi yoki boshqa eshak bozorga ham dallol bo‘lmaysan. Parlament sirkka aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi bu zakiy xalq. Yo‘l qo‘ymasin ham ilohim.

Akmal Umrzoqov, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 

Manba: Daryo.uz

Comments are closed.