«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kokorin va Mamaev ozodlikka chiqariladi

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamaev sud qaroriga ko‘ra ozodlikka chiqadigan bo‘ldi.

Avvalroq advokatlar futbolchilarni shartli ravishda ozod qilish haqida sudga iltimosnoma kiritishgan edi. 6 sentyabrь kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan sud mahkamasida bu iltimosnoma qanoatlantirildi.

Rossiya qonunchiligiga asosan sud hukmi 10 kundan keyin kuchga kiradi. Shu tufayli Kokorin va Mamaev 17 sentyabrь kuni Belgorod viloyatidagi qamoqxonadan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamaev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktyabrь kuni Moskva markazida 2ta mushtlashuvda ishtirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlashgan edi.

8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamaev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Futbolchilarning oktyabrь – noyabrь oylarida ozodlikka chiqishi kutilayotgan edi.

#Aleksandr Kokorin

#Pavel Mamaev

Manba: Kun.uz

Comments are closed.