«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Avstraliyalik ayol koma holatida bo‘la turib sog‘lom qizchani dunyoga keltirdi

Avstraliyaning Kvinslend shtatida yashovchi ayol komada bo‘lishiga qaramay sog‘lom qizchani dunyoga keltirdi, deb xabar beradi The Sun.

25 yoshli Keytlin Stabbs arteriovenoz malformatsiya tashxisi bilan nur terapiyaga yuborilgan. Bu vaqt oralig‘ida u homilador bo‘lib qolgan va bolaga zarar yetishi mumkinligi uchun davolanishni to‘xtatib qo‘ygan. 23-iyul kuni, homilaning sakkizinchi oyida ayolning bosh miya tomirlarida anevrizma sodir bo‘lgan va u komaga tushib qolgan. 24-iyul kuni esa shifokorlar kesercha kesish orqali mijozning farzandini dunyoga keltirgan.

Manba: Daryo.uz

Comments are closed.