«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Afg‘oniston: “Tolibonlarning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilindi”

Afg‘oniston mudofaa vazirligi rasmiylarining ma’lum qilishicha, mamlakatning harbiy-havo kuchlari tomonidan Qunduz viloyatida o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar davomida tolibonlarning yuqori martabali qo‘mondonidan biri Qori Mansur yo‘q qilingan.

“Bakhtar News Agency” xabariga ko‘ra, harbiy havo kuchlarining qo‘mondonni yo‘q qilish bilan bog‘liq harbiy amaliyoti Qunduz shahrining ikkinchi tumanida olib borilgan.

Manba: UzA.uz

Comments are closed.