«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Habib Nurmagomedov vazn toifasini o‘zgartiradimi? Sportchining o‘zi bunga javob berdi

UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov vazn toifasini o‘zgartirish borasidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

“Agar siz ikki marta yutqazib, keyin g‘alaba qozonib, avval birinchi, so‘ngra ikkinchi sovringa ega chiqib yana yutqazsangiz va yana shundan keyin uchinchi sovrinni qo‘lga kiritsangiz ham bunday holatda buyuk jangchi hisoblanmaysiz. Uzoq vaqt davomida mag‘lub bo‘lmaslik, fikri ojizimcha, juda muhim jihat. Mening vaznim juda yengil, shu boisdan men yengil divizionda jang qilaman. Vazn toifamni o‘zgartirishni esa istamayman. O‘z vazniga bor e’tiborimni qaratganman”, — deydi Habib.

Ma’lumot uchun, Habib faoliyati davomida 27 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 7-sentabr kuni 30 yoshli sportchi UFC 242 musobaqasi doirasida Dastin Poryega qarshi ringga chiqadi.

manba: Daryo.uz

Comments are closed.