«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Dehqonobodda 24 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi

Dehqonobodda 24 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi

27-avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 28 yillik tantanalari munosabati bilan Dehqonobod tumanida 72 nafar bolaning xatna to‘yi hamda 24 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chuchuquduqdagi QVP.

Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Abdug‘ani Himmatovning aytishicha, tumanning Chuchuquduq qishlog‘idagi 24 sonli maktabning 315 o‘rinli binosi 1,5 milliard mablag‘ evaziga kapital ta’mirlangan bo‘lsa, 23 sonli umumta’lim maktabiga esa 2 ta filial qurib berilgan.

Foto: “Daryo”— Quvonarlisi, Chuchuquduq qishlog‘ida aholini ancha paytdan beri o‘ylantirib kelayotgan muammo – qishloq vrachlik punkti qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Bahodir Omonov. – Mazkur QVP 1 milliard 502 million mablag‘ hisobidan 50 o‘rinli qilib ta’mirlandi. 1,5 milliard mablag‘ evaziga tumangaz idorasi ham zamonaviy qiyofa kasb etdi. Tumanda amalga oshirilgan xayrli amallardan yana biri tuman markazida 180 million mablag‘ evaziga tadbirkor Shodi Rahimov tashabbusi bilan axborot kutubxona markazi qurilib, yoshlarning kitob mutolaasi uchun munosib sharoit hozirlandi. Axborot kutubxona markazi qoshida kitobga qo‘yilgan monument ham qad rostladi.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining yozishicha, hokimlik binosi oldida balandligi 40 metr bo‘lgan ustunga uzunligi 9 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i o‘rnatilgan.

— Bayram tadbirida xatna to‘yi o‘tkazilayotgan 72 nafar bolaga bosh-oyoq sarpo hamda velosiped sovg‘a qilindi, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mehri Yo‘ldosheva. – Shuningdek, 10 nafar chin yetim bolaga maktab formasi olib berildi.

Tuman markazidagi mustaqillik maydonida poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Manba:»Daryo.uz»

Comments are closed.