«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yangi avlod “Gazel” mikroavtobusi va yuk mashinasi taqdimoti o‘tkazildi (foto, video)

Gorkiy avtomobil zavodida o‘tkazilgan Comtrans—2019 ko‘rgazmasida birinchi bor “Hammabop muhit” dasturi talablariga javob beruvchi, “GAZ” marshrutkalarining yangi avlodiga mansub mikroavtobus modeli namoyish etildi, deb xabar beradi “Avto Mail.Ru”.

“Gazel” bazasidagi avtobus oddiy usulda yaratilgan: metall furgonning yonlaridan oyna uchun tirqish ochilib, o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

2013-yilda yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan “Gazel”larning yangi avlodi “katta avtobuslar” texnologiyasi asosida yaratilgan edi. Ya’ni yangi paydo bo‘lgan “Gazel Next”ga po‘latdan yasalgan karkasning mustahkamlangan shassisi o‘rnatilib, ustiga ruhlangan va plastik panellar o‘rnatilgan. “Haqiqiy avtobus”ning yana bir belgisi — elektr uzatgichlari bilan jihozlangan yonga ochiluvchi eshik edi.

Yangi mikroavtobusga esa original rama o‘rnatilgan bo‘lib, bu uning markaziy qismini pasayishiga olib kelgan. Bu kabi qaror polning haqiqatda pastligini ta’minlashga yordam bergan va ichkarida nogironlar aravachasidagi yo‘lovchi ham sig‘a oladigan keng ochiq maydon hosil qilgan.

Kichik avtobusning kuzovi po‘lat quvurlar va alyuminiy hamda shisha plastik yordamida qoplangan kuchli karkasdan iborat. 22 kishini tashishga mo‘ljallangan mikroavtobus ichida 17 ta o‘rindiq va 5 kishining turib ketishiga yetadigan joy bor.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan modelga gaz-benzinli EvoTech 3.0 (120 ot kuchiga ega) dvigateli o‘rnatiladi.

Shuningdek, Gorkiy avtomobil zavodi yangi “Gazel” yuk mashinasini ham taqdim etdi. Tashqi ko‘rinishi Next versiyasiga o‘xshab ketsa-da, u ancha katta o‘zgarishlarni o‘zida mujassam etgan. Unga “Gazel NN” nomi berilgani ta’kidlanmoqda.

Comments are closed.