«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qarshi davlat universiteti kitobxonlik o’chog’i

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Qarshi davlat universitetining 7 ta talabalar turar joyi kutubxonalari mingdan oshiq eng sara jahon va o‘zbek adiblarning kitoblari bilan boyitildi. Jumladan 1-talabalar turar joyiga 200 dona, 2-talabalar turar joyiga 110 dona, 3-talabalar turar joyiga 200 dona, 4-talabalar turar joyiga 100 dona, 5-talabalar turar joyiga 115 dona, 6-talabalar turar joyiga 105 dona va 7-talabalar turar joyiga 200 dona kitoblar ajaratildi. Bu kabi ezgu ishlardan ko‘zlangan maqsad yangi 2019-2020 o‘quv yili davomida talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etishdan iboratdir.

Comments are closed.