«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Vladimir Putin: «Biz Amerikaning raketa sinovlariga qaqshatqich javob berishga tayyormiz!..»

Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin favqulodda mamlakat xavfsizlik kengashi majlisini chaqirdi. Kun tartibiga Amerika tarafidan amalga oshirilgan raketa sinovlari, Evropaning Rossiya chegarasidagi hududlariga raketa hujumiga qarshi mudofaa uskunalari o‘rnatishi masalasi kiritildi. Putin o‘z chiqishida aytib o‘tdiki, Amerika kichik va o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqiboq, ballistik raketa uskunalarini sinovdan o‘tkazishga, Evropani o‘z raketa uskunalari bilan to‘ldirishga ruju qo‘ydi. Ammo Rossiya bunday xavfga tek qarab tura olmaydi. Hozirgi kunda Evropa davlatlari bilan chegaradosh hududlardagi qo‘shinlar tarkibi qayta to‘ldirilib, harbiy texnika vositalari ko‘paytirilgan. Qo‘shimcha askarlar shartnoma asosidagi xizmatga jalb etilmoqda. Barcha qo‘shinlar jangovar holatga keltirib qo‘yilgan. Har bir Rossiya tinchligiga rahna solish harakati shafqatsiz va qaqshatqich javobga ro‘baro‘ bo‘ladi.

Comments are closed.