«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Test natijalari bugun e’lon qilinadi (mi?)

Bugun Davlat test markazi tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan test sinovlari natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bu haqda 21 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

Xususan, DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov jurnalistlar tomonidan joriy yilgi mandat natijalari kechikayotgani borasidagi savolga quyidagi mazmunda javob qaytargan:

«Test sinovlari 15 avgustda yakunlandi va qonunchilikka muvofiq, mandat test jarayonlari tugaganidan so‘ng 1 hafta ichida e’lon qilinishi lozim. Mandat natijalari bugun kechqurun yoki ertaga kunduzi e’lon qilinadi». Qashqadaryo viloyatida test jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha mas’ul shaxslardan biri Bektosh Shodiyevning ma’lumot berishicha test jarayonlaridan uchta yo’nalishning tanlanganligi javoblar chiqishida murakkablik tug’dirmoqda. Lekin shunday bo’lsada bugun yakuniy javoblar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Comments are closed.