«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shohjahon Ergashev AQShda taroziga chiqdi, ertaga jang!

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQShning Oklaxoma shtati Broken-Arrou shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
Oqshomning anderkad jangi mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Charm qo‘lqop ustamiz meksikalik Abdielь Ramiresga qarshi ringga ko‘tariladi. Bir necha daqiqa aval bokschilar tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi. Unda Ergashev 63,5, Ramires esa 64 kg tosh bosdi. Ertangi jang 10 raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha prof ringda 16 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarniing 14 tasini muddatidan avval yakunlagan. Ramires esa o‘tkazgan 29 ta jangidan 24 tasida zafa quchgan (22 ta nokaut). To‘rtta jangda mag‘lub bo‘lgan (2 ta nokaut). Yana bir jang durang bilan yakunlangan.

Comments are closed.