«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qashqadaryo sardorlari yana oldinda

Xabaringiz bor, o’tgan ôquv yili mavsumida Qashqadaryo viloyati «Kamalak» Bolalar tashkiloti sardorlari «Eng namunali Sardorlar Kengashi» tanlovining mamlakat bosqichida 1- o’rinni egallagandi.
Bu yil ham natija a’lo darajada bo’ldi ya’ni Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanining keng tepaliklarida joylashgan «Yoshlar» oromgohida «Eng namunali Sardorlar Kengashi» ko’rik tanlovining respublika bosqichida 2-o’rinni , «Sardorning bir kuni» loyihasida esa sardorlarimiz 1-o’rinni egalladi.
Shuningdek, 10 kun davomida «Vatan,do’stlik va baxtli bolalik uchun» shiori ostida tashkil etilgan Sardorlar anjumanida ham qiziqarli seminar-treninglarda, loyiha va tanlovlarda ishtirok etishdi.

«Boshqa tengdoshlari kabi Qashqadaryomizning «Kamalak» sardorlari ham bilimi-ko’nikmasi, tajribasi va zamonaviy bilimlari bilan ajralib turdi. Ayniqsa, vohaning milliy dostonlariga tayyorlangan «Shashme» zamonaviy fleshmobi hammaning hayratiga sabab bo’ldi»- deydi Viloyat «Kamalak» Bolalar Tashkiloti raisasi, «Do’stlik» ordeni sohibasi Nilufar Nazarova.

Bu atmosfera qaynoq g’oyalar, qizgʻin munozaralar va yangi bilimlar bilan quvvatlangan.
Ma’lumot, o’rnida bu anjuman an’anaviy tarzda vohamizdagi «Lochin» oromgohida tashkil etilar edi, yaqin ikki yildan buyon esa «Yoshlar» oromgohida tashkil etib kelinmoqda.

Agar siz ham mana shu yangi o’quv yilida sardor bo’lmoqchi bo’lsangiz ?! «Sardorlar» saylovida ishtirok eting va Vatanimiz ravnaqiga o’z hissangizni qo’shing.

Marjona Jo’raqulova
Qashqadaryo viloyati «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi ôrinbosari, «Ziyrak» jurnali jamoatchi muxbiri.

Comments are closed.