«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Krishtianu Ronaldu qachon Portugaliya terma jamoasidan ketishini ma’lum qildi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoada qancha o‘ynashini aytib o‘tdi.
«Hali terma jamoaning takliflarini qabul qilishga tayyorman, menda terma jamoadagi faoliyatimni davom ettirish uchun motivatsiya bor. Doim terma jamoaga yordam berishga shay holatdaman.

Qachonki terma jamoaga chaqirilmasam, o‘shanda terma jamoadan ketaman. Men hali Qatardagi jahon chempionati haqida o‘ylamadim, ammo mundialda ishtirok etishimni istisno etmayman. Portugaliya — mening vatanim, faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng bu erga qaytib, yashashni xohlayman», — deydi Ronaldu.

Ronaldu faoliyati davomida «Yuventus»dan tashqari «Sporting», «Manchester Yunayted» va «Real» klublarida o‘ynagan.

Bir necha karra «Oltin to‘p» sohibi Portugaliya terma jamoasida 2003 yildan beri o‘ynab kelmoqda.

Comments are closed.