«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Halyk Bank» AJ Boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 22 avgust kuni Markaziy bankda «Halyk Bank» AJ Direktorlar kengashi Raisi A.Pavlov va Boshqaruv Raisi U.Shayaxmetovalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasidagi o‘zgarishlarni, hamda sho‘ba bank — “Tenge Bank” ATB faoliyatini kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

«Halyk Bank» AJ vakillari o‘z faoliyatini o‘zbek bozorida jadal rivojlantirishga tayyorligini va bu borada iste’molchilarning keng qatlamini qamrab olishini ta’kidlab o‘tishdi. “Tenge Bank” ATB faoliyatini rivojlantirishda asosiy e’tibor “onlayn banking” va raqamli bank hizmatlariga qaratiladi.

Comments are closed.