«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlarni tashkil etilishini tartibga solish maqsadida hukumat qarori loyihasi tayyorladi.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar ko‘rsatilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati ilova qilingan. Unda 14 ta xizmatlar kiritilgan: masalan, konsullik xizmati faoliyati; O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari; valyuta ayirboshlash operatsiyalari, bojxona va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat; umumiy ovqatlanish hamda sanitar-gigienik xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat; boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni chakana savdosi; yo‘lovchilar uchun qo‘l aravachalarini ijaraga berish; yo‘lovchilarni o‘tkazish punktini ichida tashish xizmati, taksi chaqirib berish xizmati.

«Pullik xizmatlarni ko‘rsatilishi uchun o‘tkazish punktlari Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar bo‘yicha boshqarmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan kelishilgan holda, o‘tkazish punktini individual ko‘rsatkichlarini inobatga olib belgilanadi», — deyilgan loyihada.

Bunda, o‘tkazish punktini geografik joylashuvi, ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan pullik xizmatlar turi hamda ularni ko‘rsatish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan hudud maydoni, o‘tkazish punktini o‘tkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi.

Comments are closed.