«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Zafar Ro’ziyev Mirishkor tumanidagi boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar oldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziev mustaqilligimizning 28 yillik bayrami arafasida Mirishkor tumanidagi boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalar yashash sharoitlarini o‘rganish va amaliy ko‘mak berish maqsadida aholi xonadonlariga borib uchrashuvlar o‘tkazdi.

6 sotix tomorqasini yashnatib qo‘ygan Marg‘uba Hamroeva bir nafar qizi bilan “Obodon” MFYda istiqomat qilib kelayapti. Viloyat hokimi bu xonadon bilan tanishar ekan, ularni qiynab kelayotgan muammoni bartaraf etishga erishdi. M.Hamroeva uyining tom qismini yopish maqsadida 75 dona shifer olib berishini, xonadoniga zamonaviy eshik, derazalariga esa panjara o‘rnatib berishini bildirdi.

Viloyat hokimi tumandagi “Ayzobod” MFYda istiqomat qilayotgan, boquvchisini yo‘qotgan Dildora Abilova, Sabohat Sherova, Mahbuba Xonqulova xonadonlarida bo‘lib yashash sharoitlari bilan tanishdi, ularning takliflarini eshitdi. D.Abilova va M.Xonqulovaga uy tomlarini yopish uchun 60 donadan shifer olib berishni bildirdi. S.Sherovaning uyini mahalla faollari ta’mirlaydigan bo‘lishdi.

Viloyat hokimi har bir xonadonga borganida xonadon sohibalariga farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanish kerakligini, kelajakda bu oilalarning farzandlari a’lo baholarga o‘qib, vatanga munosib hizmat qiladigan xaqiqiy o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirdi.

“Obodon” va “Ayzobod” keksalari qo‘llarini duoga ochib, bu xayrli ishlarning tashabbuskori Prezidentimizga uzoq-umr tilashdi. Mirishkor tumanida bu xayrli tadbirlar 1 sentyabrgacha davom etadi. Xayriya tadbiri davomida tumandagi 35 ta MFY hududida istiqomat qilayotgan 100 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatiladi.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.

Comments are closed.