«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Islom Karimov haqida kitob chop etildi

Karimov Fondi noshirlik yo‘nalishida yana bir ijodiy loyihani ro‘yobga chiqardi – yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning “Olov tutgan odam” nomli romanini chop etdi. Mazkur badiiy asarda Islom Karimov Qashqadaryo viloyat kompartiyasi birinchi kotibi vazifasida ishlagan kezlardan boshlab O‘zSSR kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimiga tayinlangunga qadar bo‘lgan davr qalamga olingan.

E’tiborli jihati, muallif bosh qahramon portretiga talabchan va mas’uliyatli rahbar sifatida chizgi berib qolmay, shaxs va inson sifatida ham ko‘rsatib bera olgan, uning iztiroblari, dardlari, orzu-istaklari, umidlarini ta’sirli, ishonarli tasvirlagan.

Comments are closed.