«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ayol-millat ovozi

Qarshi shahridagi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayrami oldidan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Ayol — millat ovozi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Partiyaning viloyat hamda Qarshi shahar kengashlari hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Qarshi shahar bo‘limi rahbari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakilligi xodimlari, Qarshi shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, mahallalardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tegishli mas’ullar hamda davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Dasturi va 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi platformasi loyihasida xotin-qizlar masalasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, O‘zMTDP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi Sayfulla Mahmatmo‘minov suhbat avvalida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan milliy qonunchilik ijrosini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etayotgani, jamiyatda ayollar faolligini oshirishdan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mas’ul nutqi

davomida yig‘ilganlarga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Dasturi va 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi platformasi loyihasida xotin-qizlar masalasida belgilangan vazifalar haqida tushuncha berdi. Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga erishish, ularning diniy va dunyoviy ilmini oshirish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatiga jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baho berilayotgani bo‘yicha ham fikr-mulohazalar yuritildi.

  • Prezidentimiz ta’kidlaganidek, er yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga nisbatan munosabati bilan belgilanadi, — deydi Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Muhayyo Yusupova. – Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, bugun ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan ayollarga psixologik xizmat va moddiy yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, qishloq joylardagi yosh qizlarning oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

  • Davra suhbatida so‘z olgan Qarshi shahridagi fuqarolar yig‘inlari qoshida tashkil e’tilgan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalardagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, har bir ayol ming oqila, dono bo‘lmasin, baribir maslahatga, ma’naviy ko‘makka ehtiyoj sezadi. Bugungi kunda ushbu lavozimlarga etarli bilim, yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, zimmasidagi vazifani to‘la-to‘kis bajara oladigan ayollarning saralangani joylarda oilaviy ajrimlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning kamayganida ko‘rish mumkin. Shuningdek, joriy yilning 6 oyi vomida Qashqadaryoda ayollar o‘rtasidagi jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 117 tadan 87 taga kamaygani buning isboti.
    Muloqot so‘ngida ishtirokchilar «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining dasturiy vazifalari va saylovoldi Platformasiga o‘z taklif va tavsiyalarini aytishdi.

Comments are closed.