«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Olmaliqda fuqaro 18 yashar ukasining bo‘yniga bir necha marta pichoq sanchdi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Abdulla Qahhor ko‘chasida yashovchi M.A. (1994 y.t.) ukasi A.A. (2001 y.t.) bilan uyali telefon apparatini talashib qolgan. Natijada ular o‘rtasi o‘zaro janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro oshxona pichog‘i bilan ukasining bo‘yin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati etkazgan.“A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan”, — deyiladi xabarda.Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.M.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Comments are closed.