«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Uzumsevarlar e’tiboriga: Navoiyda ilk bor “Uzum sayli” o‘tkaziladi

Navoiyda birinchi marta “Uzum sayli” o‘tkaziladi. Saylda uzum yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari ishtirok etadi. Shuningdek, mayiz hamda uzumdan tayyorlangan vinochilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, uzumdan tayyorlangan shinni va murabbolar va “Uzum sayli”ga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi o‘tkazilishi rejalangan.  

24 avgustda Navoiy shahridagi “Amfiteatr” binosida «Uzum sayli» o’tkaziladi.Ushbu saylda uzum yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, mayiz va uzumdan tayyorlangan vinochilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

«Uzum sayli»da uzumdan tayyorlangan shinni va murabbolar ko‘rgazmasi, ushbu saylga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi o‘tkaziladi. Bundan tashqari o‘zbek milliy taomlari ham pishirilib, ishtirokchilarga havola qilinadi.

Comments are closed.