«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qozog‘istonlik qizga Hindistonda YTHga uchragan bolakayning yuragi ko‘chirib o‘tkazildi

Qozog‘istonning Kokshetau shahrida istiqomat qiluvchi 14 yoshli Dilnoz ismli qizga avtofalokat oqibatida halok bo‘lgan hindistonlik bolakayning yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan, deb xabar beradiTengrinews.

Dilnoz Isanova uch yoshga to‘lganida shifokorlar unga “dislatatsion kardiomiopatiya” tashxisini qo‘ygan. Ushbu kasallik miokard ishini buzib, insonda yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.Qizning ota-onasi farzandini operatsiya qildirish uchun Moskvaga uchgan va 2008-yilda operatsiya o‘tkazish bo‘yicha ro‘yxatga turga.2015-yilda Dilnoz uzoq kutilgan kvotani qo‘lga kiritgan va yangi yurak uchun Hindistonga yo‘lga olgan.

Qizga Kerala shtatidan bo‘lgan 12 yoshli Adit Polson ismli bolakay donor bo‘lgan. U otasi Polson bilan mudhish YTHga uchragan: ularning mashinasi maktab avtobusi bilan to‘qnashib ketgan. Avariya oqibatida bolakayning miyasi o‘lgani ma’lum bo‘lgan. Uning barcha organlari transplantatsiyasi bo‘yicha qarorni onasi Shinsi qabul qilgan. 2015-yilning 18-avgustida transplantolog Komarakshi Balakrishnana boshchiligida operatsiya o‘tkazilgan. Joriy yilda donorning oilasi Dilnoz bilan tanishish istagida ekanliklarini bildirgan va uni o‘z uyiga taklif etgan. Qozog‘istonlik qiz o‘z oilasi bilan Aditning uyiga tashrif buyurgan.

Comments are closed.