«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qirg‘iziston sudi Atambayevni 26-oktabrga qadar hibsda qoldirishga qaror qildi

Qirg‘iziston poytaxtining Pervomaysk tuman sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 26-oktyabrga qadar hibsda qoldirishga qaror qildi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Sudning ko‘chma yig‘ilishi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tdi. Atambayev 8-avgustdan beri shu yerdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.Qayd etish joizki, Slesarev Bishkek shahar sudiga Atambayevga nisbatan qo‘llangan ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat qildi.Advokatga ko‘ra, Atambayevga noqonuniy qo‘lga olingan, chunki u sobiq prezident maqomiga ega. Parlamentning Atambayevni mazkur maqomdan mahrum qilish haqidagi qarorini advokat konstitutsiyaga zid hisoblamoqda.

Comments are closed.