«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekiston vakillari Rossiyada o‘tkaziladigan “Markaz—2019” strategik o‘quv mashg‘ulotida qatnashadi

16-sentabrdan 21-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadigan “Markaz—2019” strategik o‘quv mashg‘ulotlarida 128 mingdan ortiq harbiy ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

O‘quv mashg‘ulotlariga Rossiyaning Markaziy va Sharqiy harbiy okruglarining qo‘shinlari, Kaspiy flotiliyasi, Havo-desant qo‘shinlari va Harbiy-havo kuchlari jalb etiladi. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotida Xitoy, Pokiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi.Bundan tashqari o‘quv harakatlariga 20 mingdan ortiq harbiy texnika va qurollanishlar, 600 ga yaqin uchish apparatlari va 15 ta ta’minot kemalari qatnashadi.O‘quv mashg‘ulotiga Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i armiya generali Valeriy Gerasimov boshchilik qiladi. Asosiy harakatlar Rossiyaning Toskiy, Donguz, Adanak, Chebarkul, Yuginsk, Aleysk, Ashuluk, Safakulevo poligonlariga bo‘lib o‘tadi.

Comments are closed.