«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Mustaqillik bayrami munosabati bilan chiptalarga 50 foizgacha chegirma e’lon qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019-yilning 31-avgust – 3-sentabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etishini ma’lum qildi.

Quyidagi yo‘lovchilarga chegirma taqdim etiladi:

—Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941—1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50 foiz;

—Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari – 15 foiz;

—Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15 foiz;

—Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq — yo‘riqnoma asosida) – 15 foiz;

—“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga — 10 foiz.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Comments are closed.