«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Marokashda Afrika o‘yinlari tantanali ravishda ochildi

19 avgust oqshomda Marokash poytaxti Rabotdagi shahzoda Mulay Abdulloh nomidagi sport majmuasida Afrika o‘yinlari tantanali ravishda ochildi. Musobaqalar “qora qit’a” tarixidagi 12-sonlisi bo‘ladi.

Tribunalarda yig‘ilgan minglab tomoshabinlar zamonaviy raqamli texnologiyalar qo‘llangan, taniqli qo‘shiqchilar va raqs jamoalari ishtirokidagi yorqin shou guvohi bo‘ldilar. 

Marosim vaqtida Afrika ittifoqi, Olimpiada va Marokash madhiyalari yangragan. 31 avgustgacha davom etadigan Afrika o‘yinlari ochilishini shahzoda Mulay Rashid e’lon qildi.   

Podshoh Muhammad VI rahnamoligida o‘tadigan musobaqalarda 50 dan ko‘proq davlatdan 6400 ga yaqin sportchi ishtirok etadi. Ular 29 ta sport turi, jumladan, yengil atletika, basketbol, kurash, velosport, voleybol, gandbol, gimnastika, dzyudo, karate, ot sporti, suzish, tennis, qilichbozlik, futbol, shaxmat va boshqalar bo‘yicha medallar uchun kurashadilar. 17 ta sport turida Tokioda o‘tadigan Olimpiadaga litsenziyalar uchun kurash boradi.

Musobaqalar 6 ta shahar – Rabot, Kasablanka, Sale, Bansliman, Tamara va Al-Jadidda bo‘lib o‘tadi. 

Ilk bor Afrika o‘yinlari 1965 yilda Brazzavilda (Kongo) bo‘lib o‘tgan. Marokashda ushbu o‘yinlar ilk bor o‘tkazilmoqda.

Comments are closed.