«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kobuldagi to‘yda sodir bo‘lgan teraktning mudhish kadrlari paydo bo‘ldi

17-avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulda nishonlanayotgan nikoh to‘ylarining birida xudkush-terrorchi portlovchi moslamani ishga tushirib yuborgan edi. Terakt oqibatida 63 kishi halok bo‘lgan va 150 dan ortiq odam jarohat olgan, deb xabar beradi Sputnik.

Mazkur terakt bo‘yicha mas’uliyatni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Moskva Kobulda sodir bo‘lgan teraktni qoralaydi va Afg‘oniston hukumatini mamlakat hududida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rishga chaqiradi.

Shuningdek, vazirlikning ta’kidlashicha, Kobuldagi terakt afg‘on xalqida uzoq davom etgan urushlardan so‘ng, tinchlik o‘rnatilishiga umid uchqunlari paydo bo‘lgan bir vaqtda, shuningdek, Afg‘oniston mustaqilligining 100 yilligi arafasida amalga oshirilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Comments are closed.