«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Hindistonda suv toshqini oqibatida 55 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Hindistonning shimoliy shtatlarida sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir va suv toshqini oqibatida kamida 58 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Qayd etilishicha, Uttarakxand shtatida 32 kishi halok bo‘lgan, 8 nafari bedarak yo‘qolgan. Ximachal-Pradesh shtatida esa 26 kishi halok bo‘lgan.Kuchli yomg‘ir ko‘plab ko‘chkilarga, daryolar toshqiniga sabab bo‘lgan. Mahalliy suv omborlaridagi suv sathi esa xavfli darajaga yetgan. Hukumat Uttarakxandning 7 ta okrugida barcha o‘quv muassasalarini vaqtinchalik yopgan.Nyu-Delida ham Yamuna daryosining sathi ko‘tarilgani qayd etilgan. Hukumat Nyu-Delida so‘nggi sutka davomida quyi hududlarda yashaydigan 10 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan.

Comments are closed.