«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Fuqarolarni aldash va ishonchini suiste’mol qilish yo‘li orqali boylik orttirishni o‘ylagan shaxslar qo‘lga olindi

2019 yil 10 fevral kuni soat 16.00larda Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan avtosalon oldida, 26 yoshli Sh.N. oldindan tanishi bo‘lgan X.A.ga “Jentra Lacetti” transport vositasini olib berishini aytib, uning ishonchiga kirgan. Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, shundan so‘ng u X.dan 5.000 AQSh dollarni olib, va’dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Joriy yilning 2018 yil 15 dekabr kuni 34 yoshli S.K. Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani TTZ dahasida joylashgan savdo do‘koni oldida tumandagi MChJlarning birining rahbari, 41 yoshli G.D.ga “Avtosmestitel taltomat” nomli asfalt qoruvchi texnikasi sotishini va’da qilib, 3.600 AQSh dollari va 1.000.000 so‘m pullarni o‘zlashtirib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Joriy yilning 30 iyul kuni soat 01.25da Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMBdan tushgan xabarga ko‘ra, o‘zini M.A. deb tanishtirgan noma’lum shaxs, 2017 yil sentabr oylarida 41 yoshli A.T.ga Koreya davlatiga ishlash uchun biznes viza olib berishini va’da qilib, xizmati evaziga 1.500 AQSh dollari olgan. Shundan so‘ng, u va’dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Comments are closed.