«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Farg‘onada oilaviy korxonaning 64 metrlik “antiqa” gaz quvurining siri ochildi

Farg‘onada oilaviy korxona yer ostidan 64 metr gaz quvurini tortib, hech qanday hisoblagichsiz foydalanib kelgani aniqlandi.

Aniqlanishicha, Farg‘ona tumanidagi oilaviy korxona rahbari Z.H. ohak ishlab chiqarish sexigacha yer ostidan 64 metr gaz quvurini tortib, 6 dona xumdonlardan hech qanday hisoblagichsiz foydalanib kelgan. Oqibatda davlat manfaatlariga 184 million 641 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Z.H. 30 kunlik muddat davomida yetkazgan zararini “Farg‘onagaz” hududiy filiali to‘liq to‘lab bergan. Shunga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar yuzasidan Z.H.ga nisbatan Jinoyat Protsessual Kodeksining 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan ayblilik masalasi hal qilmasdan turib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish etish haqida qaror qabul qilingan.

Comments are closed.